MASTERMOCK AI

UZO'zbekchaRUРусский

Maxfiylik siyosati

Ushbu Siyosat «Master Mock AI» platformasi foydalanuvchilarning qaysi shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ishi, ulardan nima uchun foydalanishi, kimga uzatishi, qancha saqlashi va foydalanuvchi o‘z ma’lumotlarini qanday boshqarishi yoki o‘chirishi mumkinligini belgilaydi.

Yangilangan: 2026-11-12

Bo'limlar

  • 1. Umumiy qoidalar
  • 2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz
  • 3. Ma’lumotlardan nima uchun foydalanamiz
  • 4. Ma’lumotlarni qayta ishlovchi xizmatlar
  • 5. Boshqa foydalanuvchilarga nima ko‘rinadi
  • 6. Qurilma ruxsatlari (mobil ilova va sayt)
  • 7. Saqlash muddatlari
  • 8. Ma’lumotlar xavfsizligi
  • 9. Sizning huquqlaringiz
  • 10. Akkauntni o‘chirish
  • 11. Voyaga yetmaganlar
  • 12. Aloqa
  • 13. Operator rekvizitlari
  • 14. Siyosatga o‘zgartirishlar

1. Umumiy qoidalar

1.1. Siyosat «Master Mock AI» platformasining barcha ko‘rinishlariga tatbiq etiladi (keyingi o‘rinlarda — «Platforma»):

  • Telegram bot va Telegram web-ilovasi (@MasterMockAI);
  • veb-saytlar: student.mastermockai.uz va mastermockai.uz;
  • iOS va Android uchun «Master Mock AI» mobil ilovasi.

1.2. Shaxsiy ma’lumotlar operatori — NTM "MADYAN TOWN" (STIR 308876691), manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zafarobod ko‘chasi, 5-uy (keyingi o‘rinlarda — «Operator» yoki «biz»). Rekvizitlar 13-bo‘limda keltirilgan.

1.3. Siyosat O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa amaldagi qonunchilikka muvofiq tayyorlangan. Platformadan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish yoki xizmatlardan foydalanishni davom ettirish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat bilan tanishganini va unga rozi ekanini tasdiqlaydi. Rozi bo‘lmasangiz, Platformadan foydalanmang yoki akkauntingizni o‘chiring (10-bo‘lim).

1.4. Siyosat ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaxsiy ma’lumotlar masalasida ular o‘rtasida tafovut bo‘lsa, ushbu Siyosat qo‘llaniladi.

2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

2.1. Siz o‘zingiz kiritadigan ma’lumotlar:

  • ism va familiya, telefon raqami;
  • jins, tug‘ilgan sana, viloyat va tuman, o‘quv markazi (ixtiyoriy maydonlar);
  • saytda ro‘yxatdan o‘tganda — login va parol (parol faqat qaytarib bo‘lmaydigan xesh ko‘rinishida saqlanadi);
  • profil rasmi — agar o‘zingiz yuklasangiz;
  • interfeys tili va bildirishnoma sozlamalari;
  • izohlar (sharhlar), natija bo‘yicha arizalar (apellyatsiyalar) va qo‘llab-quvvatlashga murojaatlar matni.

2.2. Telegram orqali olinadigan ma’lumotlar: Telegram ID, foydalanuvchi nomi (username), Telegram’dagi ism va til. Telegram raqamingizni faqat siz «Raqamni yuborish» tugmasini bosganingizda beradi.

2.3. Imtihon va o‘quv ma’lumotlari:

  • test javoblari, ballar, darajalar, sertifikatlar, XP va statistika;
  • yozish (Writing) topshiriqlaridagi matnlaringiz;
  • gapirish (Speaking) topshiriqlaridagi va «Suhbatdosh» AI suhbatdoshi bilan suhbatdagi ovoz yozuvlaringiz, ularning matnga o‘girilgan nusxasi;
  • sun’iy intellekt (AI) va ekspert tomonidan berilgan baholar va izohlar.

2.4. To‘lov ma’lumotlari: tarif, summa, sana, to‘lov tizimi, tranzaksiya raqami va holati. Karta raqami, amal qilish muddati va CVV kodi bizga kelmaydi va bizda saqlanmaydi — ular faqat to‘lov tizimining sahifasida kiritiladi.

2.5. Texnik ma’lumotlar: IP-manzil, qurilma va brauzer turi (User-Agent), kirish vaqti va usuli, xatolar va so‘rovlar jurnali (loglar).

2.5.1. Mobil ilova texnik ma’lumotlari: ilova versiyasi va build raqami, operatsion tizim versiyasi, qurilma modeli va brendi, ilova tili, ilova o‘rnatilganda yaratiladigan tasodifiy identifikator (telefon raqami, IMEI yoki reklama identifikatori emas), yangilash oynasidagi harakatlar (ko‘rdi, «Yangilash» yoki «Keyinroq» bosildi) va ilova xatolari hisoboti (xato matni, ekran nomi). Ular ilovani yangilab turish, xatolarni tuzatish va umumiy statistika uchun ishlatiladi, faqat bizning serverimizda saqlanadi, reklama uchun ishlatilmaydi, uchinchi tomonga berilmaydi va sotilmaydi, ilovalar o‘rtasida kuzatish (tracking) uchun ishlatilmaydi. Xato hisobotidan telefon raqami kabi uzun raqamlar serverda o‘chiriladi.

2.5.2. Qaysi ilova yoki saytdan kirganingiz: Telegram bot, Telegram mini ilova, sayt yoki mobil ilova; qurilma turi (telefon, planshet, kompyuter), operatsion tizim va versiyasi, brauzer, ilova yoki sayt versiyasi, qurilma modeli, Telegram ilovasi turi va brauzerda yaratiladigan tasodifiy qurilma identifikatori. Ular faqat umumiy statistika (qaysi kanaldan necha kishi foydalanadi) va yordam (murojaatlarni tekshirish) uchun ishlatiladi, ilovalar o‘rtasida kuzatish (tracking) uchun ishlatilmaydi va uchinchi tomonga berilmaydi.

2.6. Biz irq, millat, din, siyosiy qarash, sog‘liq yoki biometrik ma’lumotlarni yig‘maymiz. Ovoz yozuvlaringiz shaxsni tanib olish (biometrik identifikatsiya) uchun ishlatilmaydi — faqat nutqingizni baholash uchun.

3. Ma’lumotlardan nima uchun foydalanamiz

  • akkaunt ochish, kirish (shu jumladan Telegram’ga yuboriladigan tasdiqlash kodi) va akkauntni yuritish;
  • testlarni o‘tkazish, natijani hisoblash, yozish va gapirish javoblarini AI va ekspert yordamida baholash, sertifikat berish;
  • obuna va to‘lovlarni rasmiylashtirish, to‘lovni qaytarish;
  • reyting, XP, nishonlar, taklif (referal) dasturi va mukofotlar;
  • Telegram bot orqali xizmat xabarlari: kirish kodlari, natija tayyorligi, obuna muddati, eslatmalar (sozlamalardan o‘chirish mumkin);
  • murojaatlar va arizalarni ko‘rib chiqish;
  • xavfsizlik: firibgarlik, akkauntni egallab olish va bepul imkoniyatlarni suiiste’mol qilishning oldini olish;
  • xizmat sifatini yaxshilash — faqat umumlashtirilgan, shaxsni aniqlab bo‘lmaydigan statistika ko‘rinishida;
  • qonunchilik talablarini bajarish.

Biz ma’lumotlaringizni sotmaymiz, ijaraga bermaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz. Platforma sizni boshqa ilova va saytlar bo‘ylab kuzatmaydi (tracking yo‘q), uchinchi tomon analitika va reklama vositalaridan foydalanmaydi.

4. Ma’lumotlarni qayta ishlovchi xizmatlar

Xizmatni ko‘rsatish uchun ma’lumotlarning bir qismi quyidagi tashkilotlarga, faqat ko‘rsatilgan maqsadda va zarur hajmda uzatiladi:

XizmatNima uchunQaysi ma’lumot
OpenAI (OpenAI, L.L.C., AQSh) yozish va gapirish javoblarini baholash, nutqni matnga o‘girish, «Suhbatdosh» suhbatdoshi (javob matni va ovozi) javob matni, ovoz yozuvi va undan olingan matn, topshiriq matni. Ism, telefon, Telegram ID va boshqa shaxsiy ma’lumotlar yuborilmaydi.
Telegram (Telegram Messenger) bot va web-ilova, kirish va o‘chirish kodlari, xizmat xabarlari Telegram ID, xabar matni
Uzum Bank, Click, Paynet to‘lovni qabul qilish va qaytarish buyurtma raqami va summasi; karta ma’lumotlarini siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov tizimiga kiritasiz
Cloudflare (Cloudflare, Inc., AQSh) saytni hujumlardan himoya qilish va tez yetkazish IP-manzil va so‘rov ma’lumotlari (trafik shu xizmat orqali o‘tadi)
Server (hosting) — O‘zbekiston ma’lumotlar bazasi, fayllar va ovoz yozuvlarini saqlash Platformadagi barcha ma’lumotlar

4.1. AI haqida. OpenAI’ga ma’lumot uning API orqali, saqlash o‘chirilgan holda yuboriladi. OpenAI qoidalariga ko‘ra API orqali yuborilgan ma’lumotlar modellarni o‘qitish uchun ishlatilmaydi. Suiiste’molni nazorat qilish uchun OpenAI ularni 30 kungacha saqlashi mumkin, keyin o‘chiradi. AI bahosi tavsiya xarakterida: ekspert uni tekshirib, o‘zgartirishi mumkin.

4.2. Xorijga uzatish. OpenAI va Cloudflare AQShda joylashgan. Platformadan foydalanish orqali siz yuqoridagi ma’lumotlarning shu maqsadda xorijga uzatilishiga rozilik bildirasiz.

4.3. Qonunda belgilangan hollarda ma’lumotlar vakolatli davlat organlariga ularning qonuniy talabi asosida taqdim etilishi mumkin. Boshqa uchinchi shaxslarga roziligingizsiz berilmaydi.

5. Boshqa foydalanuvchilarga nima ko‘rinadi

  • Reyting: ismingiz, profil rasmingiz, XP va o‘rningiz reytingda boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinadi.
  • Izohlar: siz yozgan izoh ismingiz va profil rasmingiz bilan barchaga ko‘rinadi. Izoh moderator (administrator) tasdiqlagandan keyingina chiqadi.
  • Telefon raqamingiz, Telegram ID, tug‘ilgan sanangiz, javoblaringiz va ovoz yozuvlaringiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi.
  • Shikoyat va bloklash: nomaqbul izohga shikoyat qilishingiz yoki muallifini bloklashingiz mumkin. Shikoyatni faqat moderator ko‘radi; bloklangan muallifga xabar bormaydi va uning izohlari sizga ko‘rinmaydi.

Profil rasmingizni istalgan vaqtda Profil bo‘limida o‘zgartirish yoki olib tashlash mumkin. Izohingizni olib tashlash uchun 12-bo‘limdagi aloqa orqali yozing.

6. Qurilma ruxsatlari (mobil ilova va sayt)

  • Mikrofon — faqat gapirish topshirig‘ida va «Suhbatdosh» suhbatida javobingizni yozib olish uchun. Mikrofon faqat yozish tugmasi bosilganda ishlaydi.
  • Rasmlar (galereya) — faqat profil rasmini tanlash uchun. Faqat siz tanlagan bitta rasm yuklanadi, galereyangizning qolgan qismiga kirilmaydi.

Ruxsatni istalgan vaqtda telefon sozlamalaridan (iOS: Sozlamalar → Master Mock AI; Android: Sozlamalar → Ilovalar → Master Mock AI → Ruxsatlar) yoki brauzer sozlamalaridan o‘chirib qo‘yish mumkin. Mikrofonsiz gapirish topshiriqlari ishlamaydi, qolgan xizmatlar ishlayveradi.

7. Saqlash muddatlari

Ma’lumotQancha saqlanadi
Profil ma’lumotlariakkaunt o‘chirilguncha
Natijalar, javoblar, yozma matnlar, imtihon ovoz yozuvlari, sertifikatlarakkaunt o‘chirilguncha — natijalar tarixini ko‘rishingiz va apellyatsiya berishingiz uchun
«Suhbatdosh» suhbatlariovoz yozuvlari 30 kun; suhbat matni, tarjimalar va hisobot 90 kun, keyin avtomatik o‘chiriladi. «Xatolarim» va «Mening lug‘atim»ga tushgan gap va so‘zlar akkaunt o‘chirilguncha saqlanadi
Kirish tarixi (IP, qurilma, vaqt)akkaunt o‘chirilguncha
Avtomatik eslatmalar jurnali (qaysi eslatma qachon yuborilgani: seriya, «Xatolarim», liga, maqsad)90 kun, keyin avtomatik o‘chiriladi
Server texnik jurnallari (loglar)14 kun
Mobil ilova texnik ma’lumotlari (versiya, qurilma, yangilash oynasidagi harakatlar)90 kun; kunlik umumiy sonlar — anonim holda muddatsiz
Mobil ilova xatolari hisoboti30 kun
Qaysi kanal va qurilmadan kirgani (2.5.2)400 kun; keyin oylik umumiy sonlar — anonim holda
To‘lov yozuvlari5 yil — buxgalteriya va soliq qonunchiligi talabi bo‘yicha (akkaunt o‘chirilsa ham, shaxsiy ma’lumotlarsiz)
Zaxira nusxalar (backup)30 kungacha, keyin avtomatik yangilari bilan almashtiriladi

8. Ma’lumotlar xavfsizligi

  • Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS).
  • Parollar ochiq holda saqlanmaydi — faqat qaytarib bo‘lmaydigan xesh.
  • Ovoz yozuvlari va fayllar ochiq havolada turmaydi: ular faqat qisqa muddatli imzolangan havola orqali ochiladi.
  • Administratorlar faqat o‘z vazifasi uchun zarur bo‘limlarga kira oladi, ularning amallari jurnalga yoziladi.
  • Kirish kodlari bir martalik, qisqa muddatli va urinishlar soni cheklangan.

Akkauntingiz va Telegram profilingiz xavfsizligi uchun kodlar va parolni hech kimga bermang. Akkauntingizdan begona foydalanilganini sezsangiz, darhol biz bilan bog‘laning (12-bo‘lim).

9. Sizning huquqlaringiz

  • o‘z ma’lumotlaringizni ko‘rish va Profil bo‘limida o‘zgartirish;
  • ma’lumotlaringiz qanday qayta ishlanayotgani haqida ma’lumot olish;
  • noto‘g‘ri ma’lumotni tuzatishni talab qilish;
  • Telegram bildirishnomalaridan voz kechish (Profil → Sozlamalar);
  • roziligingizni qaytarib olish va akkauntni o‘chirish (10-bo‘lim).

Murojaatlarga 30 kun ichida javob beriladi.

10. Akkauntni o‘chirish

10.1. Qanday o‘chiriladi:

  • Ilova yoki saytda: Profil → Akkauntni o‘chirish. Saytda parol bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz — parolingizni, Telegram orqali kirgan bo‘lsangiz — Telegram’ga yuborilgan tasdiqlash kodini kiritasiz;
  • yoki murojaat orqali: [email protected] elektron pochtasiga yoki Telegram’da @MasterMockAI ga ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingiz bilan yozing. Akkaunt egasi ekaningizni tasdiqlaganimizdan keyin 7 kun ichida o‘chiriladi.

10.2. Ilovada o‘chirish darhol bajariladi. Uni ortga qaytarib bo‘lmaydi.

10.3. Nima o‘chadi: profil (ism, telefon, login va parol, Telegram ma’lumotlari, profil rasmi), barcha natijalar, javoblar, yozma matnlar va ovoz yozuvlari, sertifikatlar, XP va reytingdagi o‘rin, izohlar va layklar, izohlarga shikoyatlar va bloklangan mualliflar ro‘yxati, apellyatsiyalar, taklif (referal) ma’lumotlari, obuna, bildirishnomalar, «Suhbatdosh» tarixi, kirish tarixi. Faol obuna bekor qilinadi.

10.4. Nima qoladi:

  • to‘lov yozuvlari (summa, sana, to‘lov tizimi, tranzaksiya raqami) — qonun bo‘yicha 5 yil, shaxsiy ma’lumotlarsiz, anonim yozuvga bog‘langan holda;
  • Telegram ID va telefon raqamining qaytarib bo‘lmaydigan xeshi — bepul imkoniyatlarni qayta-qayta olishning oldini olish uchun; undan raqam yoki ID ni tiklab bo‘lmaydi;
  • zaxira nusxalardagi ma’lumotlar — 30 kun ichida o‘chib ketadi.

O‘chirilgandan keyin shu Telegram yoki raqam bilan yangidan ro‘yxatdan o‘tsangiz, yangi bo‘sh akkaunt ochiladi.

11. Voyaga yetmaganlar

11.1. 16 yoshga to‘lmagan foydalanuvchi Platformadan ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanadi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali bunday foydalanuvchi bu rozilik olinganini tasdiqlaydi.

11.2. Ota-ona yoki qonuniy vakil farzandining ma’lumotlari haqida ma’lumot olish yoki ularni o‘chirishni 12-bo‘limdagi aloqa orqali so‘rashi mumkin. Rozilik olinmaganini bilsak, akkaunt o‘chiriladi.

11.3. 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari ham faqat ushbu Siyosatdagi maqsadlarda ishlatiladi va reklama yoki marketing uchun ishlatilmaydi.

12. Aloqa

Siyosat, ma’lumotlaringiz yoki ularni o‘chirish bo‘yicha savollar uchun:

Elektron pochta
[email protected]
Telegram
@MasterMockAI
Telefon
+998 97 330 90 53
Ish vaqti
Dushanba–Shanba, 09:00–18:00

13. Operator rekvizitlari

To‘liq nomi
NTM "MADYAN TOWN"
Brend
Master Mock AI
STIR (INN)
308876691
Yuridik manzil
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zafarobod ko‘chasi, 5-uy
MFO
00491
Veb-sayt
https://student.mastermockai.uz

14. Siyosatga o‘zgartirishlar

14.1. Siyosatni yangilashimiz mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e’lon qilingan kundan kuchga kiradi; muhim o‘zgarishlar haqida Telegram bot yoki ilova orqali xabar beramiz.

14.2. Yangi tahrir kuchga kirgach foydalanishni davom ettirish unga rozilikni bildiradi. Rozi bo‘lmasangiz, akkauntingizni o‘chirishingiz mumkin.

Shuningdek qarang: ommaviy oferta · to‘lov va qaytarish tartibi · aloqa.

Ommaviy ofertaTo'lov va qaytarishTo'lov xavfsizligiAloqaMaxfiylik siyosati

NTM "MADYAN TOWN" · STIR: 308876691 · +998 97 330 90 53 · [email protected]